Телефон: +998 (75)224-18-89
Email: info@oydin-mahalla.uz
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
“Mehr” operatsiyasi doirasida Suriya davlatidan olib kelingan ayolga yordam ko‘rsatildi
  • 21-янв-2021, 18:00
  • Mahalla
  • 24
  • 0

“Mehr” operatsiyasi doirasida Suriya davlatidan olib kelingan ayolga yordam ko‘rsatildi

Yaqinda davlatimiz rahbarining bevosita nazorati ostida amalga oshirib kelinayotgan “Mehr” operatsiyasining navbatdagi bosqichi doirasida Suriya davlatidan jami 98 nafar yurtdoshimiz, yaʼni 25 nafar ayol va 73 nafar bola Vatanimizga qaytarilgandi.
“Mehr” operatsiyasi doirasida yurtimizga qaytarilganlar orasida Qarshi shahri Otchopar mahallasida yashovchi Farida Jo‘rayeva va uning uch nafar farzandlari ham bor.
Bugun Qarshi shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jahongir Po‘latov, shahar hokimi o‘rinbosari - Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi boshlig‘i Nargiza Xonqulova, shahar Maktabgacha taʼlim bo‘limi mudiri Orasta Tosheva hamda Otchopar mahalla fuqarolar yig‘ini mutasaddilari Farida Jo‘rayeva yashayotgan xonadonga borib, uning va bolalarining holidan xabar olishdi. Ularga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berildi.

Bundan tashqari Farida Jo‘rayevaning katta farzandi – hozirda yetti yoshdan oshgan Abdulloh Otchopar mahallasidagi 44-o‘rta maktabga, 4 yoshli Xadichaxon esa “Gurullovik” nomli davlat xususiy sherikchilik asosidagi nodavlat maktabgacha taʼlim muassasasiga bepul joylashtirildi.

Boshqa yangiliklar

Izohlar (0)


Izoh qoldirish

«    Апрель 2021    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930