Телефон: +998 (75)224-18-89
Email: info@oydin-mahalla.uz
Ish vaqti: 09:00 - 18:00
“Oydin” mahalla fuqarolar yig‘ini veb sayti yaratiladi
  • 20-янв-2021, 19:30
  • Mahalla
  • 32
  • 0

“Oydin” mahalla fuqarolar yig‘ini veb sayti yaratiladi

Qarshi shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jahongir Po‘latov “Oydin” mahalla fuqarolar yig‘ini faoliyati hamda bu yerda yangi qurilib foydalanishga topshirilgan mahalla guzaridagi sharoitlar bilan tanishdi.
Jahongir Po‘latov hozirda bironta mahalla fuqarolar yig‘ini o‘zining veb saytiga ega emasligi taʼkidlab, tajriba sifatida “Oydin” mahalla fuqarolar yig‘ini veb saytini yaratish taklifini bildirdi. Veb saytda mahalla to‘g‘risidagi maʼlumotlar joylashtirilib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar, aholi murojaatlari yoritib boriladi.
Bundan tashqari shahar hokimi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Jahongir Po‘latov fuqaro-mahalla-hokimiyat tamoyili asosida maʼlumotlar almashinuvi hamda aholi murojaatlari bilan ishlashning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha maxsus dasturiy taʼminot yaratish taklifini ham bildirdi.
Ayni paytda “Oydin” mahalla fuqarolar yig‘ini veb saytini yaratish borasida ishlar boshlab yuborildi.





 

Boshqa yangiliklar

Izohlar (0)


Izoh qoldirish

«    Апрель 2021    »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2627282930